
Mimaki SWJ-320EA solvent printer
SWJ-320EA 3,2 metr kenglikdagi so’ngi modeldagi solventli printer bo'lib, hamyonbopligi, chop etishning eng yuqori sifati va foydalanishda ishonchliligi kabi noyob nisbatga ega. Ushbu model raqobatchi analoglardan yuqori samaradorlik va ish jarayonini barqarorligini ta'minlaydigan, ichki interyerning chop etish sifati va funksional imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video (2)
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Printer, o’ta keng formatli uskunalarda birinchi bo'lib qo'llanilgan intellektual funksiyalarga ega. Ushbu solvent model CMYK konfiguratsiyasida 137 m2/soat tezlikda chop etadi. To'rt rangli siyoh konfiguratsiyasi ranglarning to'g'ri turlanishi va mahsulotning yorqinligini ta'minlaydi. Hajmi 3 litr bo'lgan siyoh idishlar oddiy kartridjlarga qaraganda sezilarli darajada tejamkor.
Ish maydonining o’ta kengligi tufayli printerni kengligi 1,52 m gacha bo'lgan ikkita rulonga bir vaqtning o'zida chop etish tizimi bilan jihozlash imkoniyati paydo bo’lgan. Har bir rulonning kengligi chop etishdan oldin avtomatik ravishda aniqlanadi. Ikki xil ishni parallel ravishda chop etish samaradorlikni ikki baravar oshirishi mumkin.
Mimaki SWJ-320EA solvent printer xususiyatlari
- Chop etish unumdorligi - 105,9 m2/soatgacha.
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan 4 ta chop etish bosma boshlar.
- 1200 dpi gacha yuqori sifatda chop etish.
- Chop etish boshlarini deformatsiyalangan materialga tegmasligi uchun to'siq sensori.
- Har bir rang uchun 3 litrli kanistrga ega kata hajmli siyohni yetkazib berish tizimi.
- Samarali uch zonali isitish / quritish tizimi.
- Samaradorlik hajmini oshirish uchun bir vaqtning o’zida ikkita rulonda chop etish xususiyati.
- Og'irligi 100 kg gacha bo'lgan rulonlar uchun mo'ljallangan mayatnikli kuchlantirgichli (AMF) avtomatik o'rash tizimi.
- To’plamda professional RIP RasterLink6plusga ega
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati.
Mimaki SWJ-320EA solvent printer funksiyalari
- Variable Dot Technology (VDT) - fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 4 (MAPS4) o'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle recovery system (NRS) tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Mimaki intelligent heaters - Materialni chop etishga tayyorlash, optimal rastrni shakllantirish va siyohni tez quritish uchun patentlangan 3 bosqichli isitish tizimi.
Solvent siyoh Mimaki CS100
CS100 solvent siyoh Mimaki SWJ-320EA printeri uchun maxsus ishlab chiqilgan xavfsiz siyohdir va uning tezligiga mo’ljallangan. Ushbu siyohlar yuqori sifatli tasvirlarni ta'minlab, chop etishning yuqori tezligida barqarorlikni saqlab turadi. Bu siyoh yorqinligi, yuqori zichligi va tez qurishi bilan ajralib turadi. Ushbu siyohlar solvent chop etish uchun mos bo'lgan barcha materiallarga to’g’ri keladi.
CS100 siyohlari ob-havoga va ishqalanishga chidamli siyoh qatlamini hosil qiladi, bu tasvirni uzoq vaqt davomida ochiq havoda ishlatish imkonini beradi.
Ushbu seriyadagi siyohlar OEM siyohlari bilan taqqoslanadigan narxga ega, va shu sababli ushbu printerda chop etishni yanada tejamkor qiladi.
Ekosolvent siyoh Marabu Mara Jet DI-FCS
Marabu Mara Jet DI-FCS ekosolventli siyohlar Mimaki SWJ-320EA printeri uchun mo’ljallangan bo’lib asl Mimaki CS100 siyoh o’rnini bosa oladi. Ular ekologik jihatdan xavfsiz, kuchsiz hidga ega, yog'ingarchilik, quyosh nuri va haroratning keskin o’zgarish ta'siriga chidamli. Siyohlar yorqinligi, ranglari to'yingan va tasvirni jozibali yarqiratishi bilan ajralib turadi .
Ushbu siyohlar Ricoh Gen5 bosma boshlarga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, bu chop etish tizimining barqaror va uzoq muddat ishlashini kafolatlaydi. Ular juda tez quriydi, shuning uchun yuqori tezlikda avtomatik o'rash jarayonida rulonga surtish yoki yopishish xavfi bo’lmaydi.
-
Xususiyatlari
Mimaki SWJ-320EA solvent printer texnik xususiyatlari
Mimaki SWJ-320EA
Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar 4 ta shaxmat shaklda joylashgan Ricoh Gen5 O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin. 7 pl
Маks. 21 plChop etish boshi balandligi 1,7 мм; 1,9 мм; 2,6 мм; 3,3 мм, qo'lda sozlanish Маks. sifati 1400 dpi Maks. chop etish kengligi 3200 mm Maks. material kengligi 3250 mm
(rulonushlagichlar ishlatilganda: 1620 mm х 1 ta rulon, 1524 mm х 2 ta rulon)Maks. material qalinligi 1,0 mm Maks. rulonning og'irligi Katta vallarda 100 kg
Kichik rulonushlagichli valda 25 kgMaks. rulon diametri Katta vallarda 250 mm
Kichik rulonushlagichli valda 180 mmVtulka diametri O’rash moduli va uzatish moduli ishlatilganda 3'' (76 mm)
Rulonushlagichlar ishlatilganda: 2'' (50,8 mm) и 3'' (76 mm)Siyoh Solvent Mimaki CS100
Ekosolvent Marabu Mara Jet DI-FCSRanglar to'plami CMYK Siyoh qadog’i Bo’yoq idishlari 2 L
Printer idishlari 3 LQuvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 В 50 Гц maks. 20 А Quvvati Маks. 6900 Vatt Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000Base-T Standartlar VCCI Class A, FCC Class A, IEC 62368 -1 ETL
CE marking (EMC, Machinery directive, RoHS and Low Voltage directive),
CB, ENERGY STAR, REACH, RoHS, RCM, EACOlchamlari 5410 х 995 х 1440 mm Og’irligi 850 kg Ishlash shartlari Temperatura: +20-30 °С, отн. namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Moddalar
-
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 5,2 мбРуководство пользователя O'lcham: 13,2 мбOperation manual O'lcham: 23,5 мб -
Video (2)
-
ICC profillari
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.