Текстильные принтеры Mimaki для сублимационного термопереноса
Mimaki Sublimatsiya printerlari
Sublimatsiya printerlari termotransfer qog'ozga maxsus sublimatsiya siyohlari bilan chop etadi. Chop etish jarayonida sublimatsiya bo'yoqlari qog'ozga singib ketmasdan oraliq tashuvchi ya`ni qog’ozning qoplamasida saqlanadi.
Tasvirni matoga o'tkazish kalandr yoki tekis termopresslar orqali yuqori harorat (180-210 ° C) va bosim ta'sirida amalga oshiriladi. Termal uzatish jarayonida rasm tushirilgan qog'oz va mato birlashtirilgan bo’lib, sublimatsiya bo'yoqlari (suyuq holatni chetlab o'tib) qattiq holatdan gazsimon holatga o'tadi va qizdirilgan tolalar ichiga kiradi. Mato soviganidan so'ng, bo'yoqlar mahkam o'rnashgan bo’ladi va tolalar bilan birlashib ketadi. Shunday qilib, sublimatsiya tasvirlari yuqori rangli va mexanik kuchga ega bo'ladi – ulardagi rasm parchalanmaydi, yorilib ketmaydi, so'nmaydi va takroriy yuvish davrlaridan keyin ham o’chib ketmaydi.
Termotransfer sublimatsiyasining muhim afzalligi shundaki, mato chop etilgandan keyin asl xususiyatlarini o'zgartirmaydi, qattiq va qo'pol bo'lib qolmaydi. Bundan tashqari, matoda, masalan, trafaretli chop etish natijasida paydo bo'ladigan yaqqol siyoh qatlami qolmaydi.
E'tibor berish joizki, sublimatsiya siyohining rangi o'tkazishdan oldin va keyin sezilarli darajada farq qiladi. Qog'ozdagi siyoh xira bo’lib va u matoda faqat yuqori harorat ta'siri ostida haqiqiy rangga ega bo'ladi.
Sublimatsiya bo'yoqlari faqat polyester (poliefir) va poliamid tolalari uchun mo’ljallangan. Chop etish uchun 100% sintetika ko’rsatilgan matolardan, shuningdek tarkibida ko’pincha kamida 60% paxta tolasi bo’lgan aralash matolardan foydalanish mumkin.
Mimakining sublimatsiya printerlari o'zgaruvchan tomchi hajmiga ega pyezoelektrik boshlar bilan jihozlangan bo’lib, yuqori sifatda chop etadi. Ular sifatni yo’qotmagan holda juda katta tirajlarni chop etish imkonini beruvchi qator funksiyalarga ega. Ko’lamli siyohni uzluksiz uzatish tizimi va chop etilgan mahsulotlarni avtomatik o’rash tizimi operator qarovisiz hattoki kechasi ishlash imkoniyatini beradi. Mimakining hamyonbop sublimatsiya siyohlari chop etish narxini kamaytiradi.