
Сольвентные принтеры Mimaki
Mimaki solvent printerlari
Solvent printerlarda chop etish uchun, tarkibida qattiq, o’rta yoki yumshoq eritkichi boʻlgan pigmentli siyohlardan foydalaniladi. Siyohlar tarkibidagi eritkich pigmentlarning buyum yuzasida mustahkam qotishi uchun PVX sirtini yumshatish vazifasini bajaradi. Solvent printerlariga o’zgaruvchan tomchi hajmi usulida chop eta oladigan, uzoq muddatli pyezoelektrik bosib chiqaruvchi boshlar o’rnatiladi. Zamon talabi bo’lishga ulgurgan yuqori samaradorlik, o’zgaruvchan tomchi hamda, uskunaning intellektual va dasturiy xususiyatlari chop etishning fotografik sifatga erishish imkonini beradi.
Siyohlar eritkichi faqat PVX yuzasi bilan faol o’zaro taʼsir qilganligi sababli, solventli chop etish uchun PVX-plyonka, bannerli vinil, tuval (xolst) va PVX-qoplamli matolar, hamda turli xil qog’ozlar, gulqog’ozlar, pigmentlarni samarali ushlab turuvchi metallashtirilgan maxsus qoplamli PET-plyonkalarga mo’ljallangan.
Materialning yuzasini chop etishga tayyorlash va siyohlarni tez quritish maqsadida, solvent printerlar isitish tizimi bilan jihozlangan bo’lib, ushbu tizim printerning uchta zonasida - chop etishdan oldin, chop etish va chop etishdan keyingi zonalarda ishlaydi. Ushbu zonalarda haroratni sozlash mumkinligi tufayli, ish jarayonining muqobil sharoitini tanlash, shuningdek materialning kuyishini oldini olish imkonini yaratadi.
Operator qarovisiz uzoq vaqt mobaynida ishlashi uchun, Mimaki solvent printerlariga ko’lamli siyohni uzluksiz uzatish tizimi va chop etilgan mahsulotlarni avtomatik o’rash tizimi oʻrnatiladi.
Ekologik zararsiz texnologiyalarning keskin rivojlanishiga qaramay, solventli chop etish ichki va tashqi reklama bozorida hamon yuqori talabga ega bo’lib kelmoqda.