
Mimaki Tx300P-1800 MkII to’qimachilik printeri
Tx300P-1800 MkII to’qimachilik printeri –bu tabiiy va sintetik matolarda pigmentli siyohlar bilan to'g'ridan-to'g'ri chop etish uchun sanoat modeli. Ushbu printer raqamli texnologiyaning analogik to'qimachilik chop etish usullariga nisbatan barcha afzalliklariga ega. Tx300P-1800 MkII printeri har qanday, hatto eng kichik buyurtmalarni ham kata foydaga chop etishni, tasvirlarni tayyorlash tezkorligini, yuqori samaradorlikni ta'minlaydi va yordamchi ishlab chiqarish uskunalarini talab qilmaydi. Chop etishning iqtisodiy samaradorligi va dizayndagi o'zgarishlarni tezda amalga oshirish qobiliyati ushbu modelni to'qimachilik namunalarini chop etish uchun ham mukammal qilib turadi.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Printer siyoh chiqarishni yuqori tezligiga ega katta tezlikdagi chop etish bosma boshlari bilan jihozlangan. Bu tomchi tushish traektoriyasining stabilligini kafolatlaydi, bosib chiqarishni bloklash moslamasini yuqori balandlikda o'rnatish va qalinligi, to'quvi, bo’rtma naqshliligi va tukliligidan qat'i nazar, har qanday matoga yuqori sifatli chop etish imkonini beradi.
Tx300P-1800 MkII printeri juda ko'p foydali xususiyatlarga ega bo'lib, raqobatdosh modellardan hamyonbop narx va printer chiqimlarining arzonligi bilan ajralib turadi.
Mimaki Tx300P-1800 MkII to’qimachilik printerining xususiyatlari
- Chop etish unumdorligi – 66 m2/soatgacha.
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan to’rtkanalli 4 ta chop etish bosma boshlar.
- 1440 dpi gacha yuqori sifatda chop etish.
- Qalin, teksturali va vorsli matolarga chop etish uchun balandligi 7 mm gacha bo'lgan bosma boshlarni sozlanishi.
- O’ta yorqinlik uchun pigmentli siyohlar.
- Siyohlarning o’rtacha sarfi – 12 ml/m2
- Bosma boshlarini deformatsiyalangan materialga tegmasligi uchun to'siq sensori.
- Katta ko’lamli ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan siyohni uzluksiz uzatish tizimi.
- Benuqson chop etish va printer nosozliklarining oldini olish uchun siyohdagi havoni yutish moduli.
- To'g'ri tortilishi uchun yangilangan mato uzatish tizimi.
- Matoda g’ijimliklar va burmalar paydo bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi mexanizm.
- Taranglovchi shtangali matoni avtomatik o’rash tizimi.
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati.
- Rangli LCD displeyli boshqaruv paneli. Uzoqdan aniq ko'rinadigan LED indikatori printerning holatini bildiradi.
- Elektron pochta orqali xabar berish funksiyasining mavjudligi.
- To'plamda tanlash uchun universal RIP RasterLink6 yoki professional to'qimachilik uchun RIP TxLink4 Lite. Kiyim ishlab chiqarish va to'qimachilik namunasini yaratishga moslashtirilgan o'zgaruvchan ma'lumotlarni chop etish funksiyasini qo'llab-quvvatlash. to’qimachilik rapportlarini yaratish funksiyasi hamda parallel riplash funksiyasi (TxLink4 Lite).
Mimaki Tx300P-1800 MkII to’qimachilik printerining funksiyalari
- Waveform Control Technology (WCT) tomchilarning to'g'ri shakli va ularning aniq joylashishi tufayli mukammal natijani beradi.
- Variable Dot Technology (VDT) - fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 4 (MAPS4) o'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle check unit (NCU) chop etish boshlarini holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi va avtomatik tozalash funksiyasini faollashtiradi.
- Nozzle recovery system (NRS) tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Uninterrupted Ink Supply System (UISS) CMYK rejimida ishlatilgan siyoh idishidan to'liq hajmli idishga o'tishni taminlash fuksiyasi.
- Automatic Wiper Cleaning (AWC) - Chop etish boshlarini tozalash jarayonida avtomatik ravishda tozalovchi vayperdan siyohni tozalaydi, bu yuqori sifatli chop etishni ta'minlaydi va kunlik xizmatni osonlashtiradi.
Mimaki TP400 pigmentli to’qimachilik siyohlari
TP400 pigmentli siyohlar tabiiy, sun'iy, sintetik va aralash materiallarda chop etish uchun ideal mos keladi. Ularning katta afzalligi paxta va zig'ir materiallariga oldindan ishlov berilmasdan yaxshi qotirilish qobiliyatidir. Shu bilan birga, siyoh yorqin ranglar, ortib borayotgan optik zichlik va o'chib ketishga chidamlidir. Ekologiya va resurslarni tejash nuqtai nazaridan kimyoviy singdirilmasdan tabiiy matolarga chop etish eng maqbul variantdir. Bu usul chop etishdan oldin ham, keyin ham suv sarfini (va chiqindi suvning ifloslanishiga olib kelmaydi) va qo'shimcha energiya sarfini talab qilmaydi, chunki xo'llash/bug'lash/yuvish/quritish uchun yordamchi uskunalar talab qilinmaydi.
Ipak, junli, viskoza, poliester, neylon kabi materiallar uchun tasvirlarning qotirilishini ta'minlash uchun oldindan ishlov berish baribir zarur. Biroq, tabiiy matolarda bo'lgani kabi, siyoh qatlamini qotirish uchun 150-170 ° C haroratda 1-3 daqiqa davomida issiqlik pressida oddiy issiq qurtish yetarli.
Asosida suv bo’lgan TP400 siyohlari ekologik toza, to’kilmaydi, tabiatni ifloslantirmaydi.
Ular kiyim-kechak, uy tekstili, mebel matetriallari, reproduksiya tasviri, elastik reklama, POS materiallari, bayroqlar va boshqalar uchun matolarni bo'yash uchun ishlatilishi mumkin.
-
Xususiyatlari
Mimaki Tx300P-1800 MkII to’qimachilik printerining texnik xususiyatlari
Mimaki Tx300P-1800 MkII
Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar Qatorda joylashgan 4ta Panasonic UH-HA810 O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin. 6 pl
Маks. 24 plChop etish boshi balandligi 2-7 mm 0,05 mm qadam bilan; qo'lda sozlanish Маks. sifati 1440 dpi Maks. chop etish kengligi 1920 mm Maks. material kengligi 1920 mm Maks. material qalinligi 1,0 mm Maks. rulonning og'irligi 40 kg Maks. rulon diametri 250 mm Ftulka diametri 2'' (50,8 mm) va 3'' (76 mm) Siyoh Tekstil uchun pigmentli TP400 Ranglar to'plami СMYK/BlRLk Siyoh qadog’i 2 litrli Paketlar Quvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 Vatt 50 Gts Quvvati Маks. 1920 Vatt Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000BASE-T Standartlar VCCI Class A, FCC Class A, CE marking (EMC, Machinery directive, RoHS and Low Voltage directive),
CB, ENERGY STAR, RCM, EACOlchamlari 3200 х 965 х 1857 мм Og’irligi 260 kg Ishlash shartlari Temperatura: +20-30 °С, nisbiy namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Moddalar
-
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 2,7 мбРуководство пользователя O'lcham: 14,3 мб -
Video
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.