
VULCAN FC-500VC/FC-800VC kesish plotterlari
Eng yuqori professional talablarga javob beradigan VULCAN FC-500VC/FC-800VC planshetli kesish plotterlari keng funksionalligi va eng zamonaviy jihozlari bilan ajralib turadi. Ushbu konturli kesish, teshish, burish va chizish uskunalari bugungi kunda reklama, prototiplar va kichik hajmdagi qadoqlash mahsulotlari, POS materiallari, bolalar yig’ma kitoblari, suvenirlar ishlab chiqarish uchun eng samarali va tejamkor yechimlardan biri sifatida tan olinishi mumkin.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video (4)
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
VULCAN plotterlari turli xil materiallarishlob berishlari mumkin, ular uchun barcha kerakli vositalar taklif etiladi. Samaradorlikni oshirish uchun ishchi modulga bir vaqtning o'zida ikkita asbob o'rnatilishi mumkin – masalan, pichoq va burma. Plotterlarga o’rnatilgan sezgir CCD kamerasi yuqori aniqlikdagi kesish uchun reper belgilarni va ish jarayonini tartibga solish hamda vazifalar navbatini boshqarish uchun QR-kodlarini o'qiydi. Plotterlar avtonom, kompyutersiz ishlashga qodir, bu holda ish to'g'ridan-to'g'ri USB diskidan kesish uchun yuboriladi.
Vakuum tizimi tufayli materiallar ish stoliga mahkam bosiladi va ishlov berish tezligi va og'irligidan qat'iy nazar o'z o'rnida qoladi.
VULCAN FC-500VC/FC-800VC kesish plotterlarining xususiyatlari
- Mustahkam konstruksiya, ixcham o'lchamlar;
- Yuqori samaradarolik;
- Turli materiallarni yuqori aniqlikda kesish uchun yuqori pichoq bosimi. Keng diapazonda bosimni tartibga solish;
- 5 x 5 mm o'lchamdagi kichik belgilarni yuqori aniqlikdagi kesish;
- Mukammallashtirilgan yuqori aniqlikdagi CCD kamera;
- Ish navbatini avtomatik boshqarish uchun QR kodni kesish;
- Materialni ishonchli mahkamlash uchun vakuumli siqish tizimi;
- Bitta vazifa ichida ikkita operatsiyani bajarish uchun ikkita asbob moduli;
- Intuitiv interfeysga ega 4,3 dyuymli sensorli boshqaruv paneli;
- To’plamda pompa mavjud;
- Katta hajmdagi ma'lumotlarni yuqori tezlikda uzatish uchun USB interfeysi;
- Bir nechta plotterlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta shaxsiy kompyuterlarni bitta plotterga ulash uchun Ethernet interfeysi;
- Past elektr sarfi.
VULCAN FC-500VC/FC-800VC kesish plotterlarining qo’llanilishi
- Stikerlar, etiketkalar;
- POS materiallar;
- Kichik tablolar;
- Suvenirlar;
- Maket va modullar;
- Tabriknomalar va taklifnomalar;
- Karton/plastmassa ish yuritish buyumlari;
- Plyonkali applikatsiyalar;
- Qumlash (qalin plyonkalar) va bo'yash uchun trafaretlar;
- Stol o'yinlari;
- Yig’ma kitoblar.
Kesish/burish/chizish xususiyatlari
- Uzluksiz avtomatik belgilarni aniqlash;
- Butunlay tagigacha va qisman kesish Kiss Cut (plyonkani astarigacha kesish);
- Chiziqli va andozali kesish;
- Punktir chiziqli kesish Perf Cut, yopishqoq plyonkadan kesilgan grafiklar bilan listning yaxlitligini saqlash uchun nikslarni qoldiradi;
- To'g'ridan-to'g'ri va bosmaning orqa tomonidan (revers burma);
- Burma bilan orqa taraflama chiziq bosish;
- Qalin yoki zich materiallarni qayta ishlashda kerakli chuqurlikdagi egatlarni yaratish uchun bir xil chiziqlar bo'ylab ikki marta burmalash;
- Maxsus ushlagichga o'rnatilgan qalam yordamida materialga turli naqshlar, tasvirlar, diagrammalar va belgilar chizish.
Jihozlar
- Flyuger pichoqlar turli charxlash burchaklar bilan: PVX plyonkalarni kesish, sintetik (PP) qog'oz, qadoqlash kartoni va magnitli vinilni kesish uchun;
- Yarim sharsimon burma: qalin qog'oz, karton, gofrokarton va yupqa plastmassalarga (PP, PVX) burma chiziqlarini qo'llash;
- Qalam asbobi: qalam bilan chizish va belgilash.
-
Xususiyatlari
VULCAN FC-500VC/FC-800VC kesish plotterlarining texnik xususiyatlari
VULCAN FC-500VC VULCAN FC-800VC Material kengligi (Y o’qi bo’yicha) 640 mm 940 mm Kesish maydoni 495 х 685 mm 790 х 1085 mm O’qlar bo’ylab harakatlnishi Raqamli servomotor Kesishning maksimal tezligi 700 mm/sek. Pichoqning maksimal bosimi Asbob 1: 600 gs
Asbob 2: 600 gsMexanik aniqligi 0,005 mm (5 mkm) Dasturiy ta`minot aniqligi HP-GL: 0,025 mm Takroriyligi 0,1 mm Mavjud asboblar Flyuger pichoq, burma, Qalam Bir vaqtning o'zida o'rnatilgan asboblar soni 2 Materialni mahkamlash Vakuumli siqish tizimi Boshqaruv tili HP-GL Xotira buferi 32 MB Elektr manbai 1 faza: 220-240 V, 50 Gs Quvvati Maks. 150 Vt (plotter)
550 Vt (vacuum tizimi)Interfeys USB2.0, Ethernet, U-Disk Operatsion tizimlar Windows, Mac O’lchamlari 981 х 977 х 1047 mm 1420 х 1212 х 1050 mm Og’irligi Plotter: 77 kg
Vakuum nasos: 20 kgPlotter: 104 kg
Vakuum nasos: 20 kgPol stendi To’plamda mavjud Foydalanish shartlari Havo harorati: +10-35° С, nisbiy namlik: 35-75% (kondetsatsiz) -
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 2,7 мб -
Video (4)
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.