Mimaki Tx300P-1800B to’qimachilik printer
Kengligi 1,8 m bo'lgan yuqori samarali to'qimachilik printeri tabiiy va sintetik materiallarda pigmentli siyohlar bilan to'g'ridan-to'g'ri chop etish uchun mo'ljallangan. U elastik, nozik matolar va trikotaj buyumlarni tarangliksiz mahkamlash uchun xizmat qiluvchi va yetkazib berish yo'li bo'ylab harakatlanish jarayonida ularning siljishi va turli deformatsiyalarini oldini oladigan zaif yopishqoq qatlamli konveyer tasmasi bilan jihozlangan. Chop etish zonasidan o'tgandan so'ng, materiallar osongina fiksatsiyadan chiqariladi.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Printerda uzatish tezligini sozlash va konveyer tasmasi tutashuvidagi sirt sathidagi farqlarni qoplash orqali o‘tish oralig‘idagi muammolarni bartaraf etadigan uzatib berishni tuzatish tizimi mavjud.
Printer siyoh chiqarishni yuqori tezligiga ega katta tezlikdagi chop etish bosma boshlari bilan jihozlangan. Bu tomchi tushish traektoriyasining stabilligini kafolatlaydi, bosib chiqarishni bloklash moslamasini yuqori balandlikda o'rnatish va qalinligi, to'quvi, bo’rtma naqshliligi va tukliligidan qat'i nazar, har qanday matoga yuqori sifatli chop etish imkonini beradi. O'zgaruvchan tomchi hajmi mayin rang gradientlarini, yuqori aniqlikdagi tasvirlarni va xoh zich xoh yarimshaffof matolarda to'ldirishni ta'minlaydi.
Mimaki Tx300P-1800B to’qimachilik printerining xususiyatlari
- Chop etish unumdorligi – 54 m2/soatgacha.
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan to’rtkanalli 4 ta chop etish bosma boshlar.
- 1440 dpi gacha yuqori sifatda chop etish.
- Qalin, teksturali va vorsli matolarga chop etish uchun balandligi 7 mm gacha bo'lgan bosma boshlarni sozlanishi.
- O’ta yorqinlik uchun pigmentli siyohlar.
- Siyohlarning o’rtacha sarfi – 12 ml/m2
- Katta ko’lamli ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan siyohni uzluksiz uzatish tizimi.
- To'g'ri tortilishi uchun yangilangan mato uzatish tizimi.
- Cho'ziluvchan, yupqa matolar va trikotaj matolarni mahkamlash uchun yopishqoq transportirovka tizimi konveyeri.
- Konveyer tasmasini yetkazishning avtomatik sozlash tasvirning butun uzunligi bo'ylab rang barqarorligi va bir xilligini ta'minlaydi.
- Suvni chiqarish tizimi bilan yopishtiruvchi konveyerni avtomatik tozalash.
- Matoda g’ijimliklar va burmalar paydo bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi mexanizm.
- Rulonga chop etishni o'rashda matoning ichki tomonini ortiqcha siyohdan himoya qiladigan qistirma materialining frontal ushlagichining mavjudligi.
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati.
- Rangli LCD displeyli boshqaruv paneli. Uzoqdan aniq ko'rinadigan LED indikatori printerning holatini bildiradi.
- Elektron pochta orqali xabar berish funksiyasining mavjudligi.
- To'plamda tanlash uchun universal RIP RasterLink6 yoki professional to'qimachilik uchun RIP TxLink4 Lite. Kiyim ishlab chiqarish va to'qimachilik namunasini yaratishga moslashtirilgan o'zgaruvchan ma'lumotlarni chop etish funksiyasini qo'llab-quvvatlash. to’qimachilik rapportlarini yaratish funksiyasi hamda parallel riplash funksiyasi (TxLink4 Lite).
Mimaki Tx300P-1800B to’qimachilik printerining funksiyalari
- Waveform Control Technology (WCT) – Tomchilarning to'g'ri shakli va ularning aniq joylashishi tufayli mukammal natijani beradi.
- Variable Dot Technology (VDT) – Fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 4 (MAPS4) – O'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle Check Unit (NCU) – Chop etish boshlarini holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi va avtomatik tozalash funksiyasini faollashtiradi.
- Nozzle Recovery System (NRS) – Tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Uninterrupted Ink Supply System (UISS) – CMYK rejimida ishlatilgan siyoh idishidan to'liq hajmli idishga o'tishni taminlash fuksiyasi.
- Automatic Wiper Cleaning (AWC) – Chop etish boshlarini tozalash jarayonida avtomatik ravishda tozalovchi vayperdan siyohni tozalaydi, bu yuqori sifatli chop etishni ta'minlaydi va kunlik xizmatni osonlashtiradi.
- Correct Feeding Control (CFC) – Konveyer tasmasi harakatini aniq kuzatish uchun materialni uzatish monitoringi tizimi.
Mimaki TP400 pigmentli to’qimachilik siyohlari
TP400 pigmentli siyohlar tabiiy, sun'iy, sintetik va aralash materiallarda chop etish uchun ideal mos keladi. Ularning katta afzalligi paxta va zig'ir materiallariga oldindan ishlov berilmasdan yaxshi qotirilish qobiliyatidir. Shu bilan birga, siyoh yorqin ranglar, ortib borayotgan optik zichlik va o'chib ketishga chidamlidir. Ekologiya va resurslarni tejash nuqtai nazaridan kimyoviy singdirilmasdan tabiiy matolarga chop etish eng maqbul variantdir. Bu usul chop etishdan oldin ham, keyin ham suv sarfini (va chiqindi suvning ifloslanishiga olib kelmaydi) va qo'shimcha energiya sarfini talab qilmaydi, chunki xo'llash/bug'lash/yuvish/quritish uchun yordamchi uskunalar talab qilinmaydi.
Ipak, junli, viskoza, poliester, neylon kabi materiallar uchun tasvirlarning qotirilishini ta'minlash uchun oldindan ishlov berish baribir zarur. Biroq, tabiiy matolarda bo'lgani kabi, siyoh qatlamini qotirish uchun 150-170 ° C haroratda 1-3 daqiqa davomida issiqlik pressida oddiy issiq qurtish yetarli.
Asosida suv bo’lgan TP400 siyohlari ekologik toza, to’kilmaydi, tabiatni ifloslantirmaydi.
Ular kiyim-kechak, uy tekstili, mebel matetriallari, reproduksiya tasviri, elastik reklama, POS materiallari, bayroqlar va boshqalar uchun matolarni bo'yash uchun ishlatilishi mumkin.
Eslatma: Tx300P-1800B printeriga TP400 pigmentli siyohlardan tashqari Sb420 (BlMYKLblLm) to’g’ridan-to’g’ri chop etish uchun sublimatsiya siyohlari, Rc400 (CMYK, BlROrLk) aktiv siyohlari, DD400 (CMYK, RGr, Violet, Pink) dispers siyohlari hamda Ac400 (CMYK, BlROrLk) kislotali siyohlarni quyish mumkin. Printer o'rnatilgandan so'ng, siyoh turini o'zgartirib bo'lmaydi.
-
Xususiyatlari
Mimaki Tx300P-1800 MkII to’qimachilik printerining texnik xususiyatlari
Mimaki Tx300P-1800 MkII
Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar Qatorda joylashgan 4ta Panasonic UH-HA810 O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin. 6 pl
Маks. 24 plChop etish boshi balandligi 2-7 mm 0,05 mm qadam bilan; qo'lda sozlanish Маks. sifati 1440 dpi Maks. chop etish kengligi 1880 mm Maks. material kengligi 1900 mm Maks. material qalinligi 1,0 mm Maks. rulonning og'irligi 40 kg Maks. rulon diametri 250 mm Ftulka diametri 2'' (50,8 mm) va 3'' (76 mm) Siyoh Tekstil uchun pigmentli TP400 Ranglar to'plami СMYK/BlRLk Siyoh qadog’i 2 litrli Paketlar Quvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 Vatt 50 Gts Quvvati Маks. 1920 Vatt Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000BASE-T Standartlar VCCI class A, FCC class A, ETL UL 60950-1, CB, CE, EMC, RoHS, REACH, RCM Olchamlari 3197 х 1798 х 1845 мм Og’irligi 627 kg Ishlash shartlari Temperatura: +20-30 °С, nisbiy namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Moddalar
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.