
Mimaki JFX200-2513 EX UB printeri
Mimaki JFX200-2513 EX keng formatli, 2500 x 1300 mm ish maydoniga ega UB printer bo'lib, yuqori chop etish sifati, samaradorligi va funksionalligini o'zida mujassam etgan. U qalinligi 50 mm gacha bo'lgan turli xil egiluvchan va qattiq materiallarga chop etishi mumkin. Oq siyohning mavjudligi ushbu uskunadan shaffof va rangli buyumlarda chop etish uchun foydalanish imkonini beradi, shu bilan birga tasvirlarning yorqinligi va ranglarning to'g'ri takrorlanishini ta'minlaydi. Ushbu printer noyob 2,5D Texture Maker xususiyatiga ega bo‘lib, tasvir yuzasida balandligi 0,5 mm gacha bo‘lgan juda silliq, pog’onasiz relyeflarni yaratish uchun avtomatik ravishda 17 qatlamgacha lak hosil qiladi.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Ushbu funksiya yog'och to'qimalarini, g'isht ishlarini, yog'li bo'yoqlarning surtmalarini va boshqalarni juda real tarzda takrorlash imkonini beradi. Faylni relyef bilan chop etishga tayyorlash imkon qadar soddalashtirilgan. 2.5D Texture Maker RasterLink6 plus RIP tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
Yangi 300 x 300 dpi 4-pasli chop etish rejimi va qo’shimcha chop etish kallagi oldingi avlod modeliga nisbatan barcha rejimlarda chop etish tezligini sezilarli darajada oshirdi.
Yangi quvvat tejamkorlik UV LED moduli yorqinligi oshishi va past issiqlik hosil bo'lishi bilan tavsiflanadi (yoritkichlar faqat 30°C gacha qiziydi). Past harorat har qanday materiallardan, hatto issiqlikka sezgir bo'lganlardan foydalanishga imkon beradi.
Ish stoli vakuum tizimini yoqish/o‘chirish uchun ushbu modelda printerning old tomonida joylashgan oyoq pedali mavjud. Bu operator uchun qulaylik yaratadi, chunki u boshqaruv paneliga kirishni talab qilmaydi.
JFX200-2513 EX UB printeri akril shisha, polikarbonat, PVX, poliefir, polistirol, penoplast, kvarts oynasi, metallar, yog'och, tosh, plyonkalar, bannerlar va boshqalarga chop etishi mumkin.
Mimaki JFX200-2513 EX UB printerining xususiyatlari
- Chop etish unumdorligi – 35 m2/soatgacha (JFX200-2513 eski modeldan 140%ga ko’proq);
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan 3 ta to’rtkanalli bosma boshlari;
- 1200 dpi gacha yuqori sifatda chop etish;
- Mustahkam va bardoshli stol;
- To’plamda buyumni fiksatsiyalash uchun 10ta shtift;
- Chop etish boshlarini deformatsiyalangan yoki balandligi to’g’ri kelmaydigan materialga tegmasligi uchun to'siq sensori;
- Buyumni balandligini avtomatik o’lchash;
- Qalinligi 50 mm gacha bo’lgan materiallarga chop etish. Qalinligi 102 mm gacha bo'lgan materiallarga chop etish uchun ixtiyoriy qo'shimcha aksessuarlar. Yupqa materiallarga chop etish uchun tagliklar kiritilgan;
- Chop etish uchun siyohni uzluksiz etkazib berish tizimi;
- Ekologik xavfsiz va ob-havoga chidamli 4 seriya UB siyohlar;
- Oq siyoh hamda lak;
- Bir necha qavat chop etish funksiyasi;
- X o'qi bo'ylab bo'lingan ikkita vakuumli siqish zonasi;
- Yangilangan sovuq ultrabinafsha nurlanishning uzoq muddali LED manbai;
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati;
- Robototexnikani ulash va mavjud ishlab chiqarish tizimlari bilan aloqa qilish uchun MDL buyruqlarini qo'llab-quvvatlash;
- Elektron pochta orqali xabar berish funksiyasining mavjudligi;
- Ish stolining vakuum tizimini boshqarish uchun pol pedali;
- Elektrostatik neytrallash moslamasi – ixtiyoriy qo’shimcha;
- Favqulodda to'xtash tugmalari va xavfsizlik tizimlarini ulash interfeysi;
- Kuchli RIP RasterLink6 plus.
Mimaki JFX200-2513 EX UB-printer funksiyalari
- Waveform Control Technology (WCT) – tomchilarning to'g'ri shakli va ularning aniq joylashishi tufayli mukammal natijani beradi.
- Variable Dot Technology (VDT) – fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 2 (MAPS2) – o'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle check unit (NCU) – chop etish boshlarini holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi va avtomatik tozalash funksiyasini faollashtiradi.
- Nozzle recovery system (NRS) – tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Mimaki Circulation Technology (MCT) – pigment quyqalanishini oldini olish va oq rangda chop etishda bir xil quyilishni ta'minlash uchun oq siyoh resirkulyatsiya tizimi.
- Mimaki Clear Control (MCC) –changning tasvir yuzasiga yopishib qolishi va lak qatlamida havo pufakchalari paydo bo'lishining oldini olish uchun lakni nazorat qilish funksiyasi.
- 2.5D Texture Maker – relyefli tasvirlar va dag’alliksiz fakturalarni yaratish uchun, maxsus fayllarni tayyorlash osonligi.
UB Siyohlar va praymer
Mimaki JFX200-2513 EX printeri chop etish vazifasi va ishlatiladigan materiallarga qarab tanlash uchun 4ta seriyali UB siyohga ega.
LH-100 siyohlari qattiq buyumlarga chop etish uchun mo'ljallangan. Shakllangan qattiq siyoh qatlami yuvilishga, quyosh nuriga, suvga va kimyoviy moddalarga juda chidamli. Ushbu siyohlar belgilar, POS-materiallar, raqam belgilari, breloklar, mukofotlar, plastik kartochkalar, asboblar paneli, bezak qoplamalari, maishiy texnika va gadjetlar uchun korpuslarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi Lc va Lm siyohlari, oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
LUS-120 siyohlari elastik siyoh qatlamini yaratadi va shuning uchun foydalanish paytida tez-tez buklanadigan yoki buraladigan materiallar va buyumlarga chop etish uchun mo’ljallangan. Siyoh qatlamining cho'zilish darajasi 170% ni tashkil etadi, bu sizga tayyor mahsulotlardan (papkalar, hamyonlar, kitob qutilari va boshqalar) tasvirda yoriqlar va parchalanish xavfisiz foydalanish imkonini beradi. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
LUS-150 siyohlari ham elastik qatlam hosil qiladi, lekin cho'zilish nisbati 150%. Ushbu siyohlar egiluvchan materiallarga (shu jumladan charm va moslashuvchan plastmassalarga) va akril shisha kabi qattiq materiallarga chop etish uchun mos keladi. Ushbu yuqori bardoshli siyohlar seriyasi turli xil plitalar, belgilar, mukofotlar va yumshoq narsalarni bezash uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyohni o'z ichiga oladi.
LUS-350 siyoh plastmassaga tasvirlarni qoliplash imkonini beruvchi noyob xususiyatga ega. Ushbu siyoh qoliplash haroratida (120-200°C) 350% ga cho'zilish qobiliyatiga ega. Shakllangan mahsulot soviganidan so'ng, siyoh qatlami qattiq bo'ladi. LUS-350 seriyasi quyosh nuriga, noqulay ob-havo omillariga, mexanik kuchga juda chidamli, shuning uchun uni tashqi reklama ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
Yuqoridagi barcha seriyalarning UB siyohlari bir zumda qotadi, yopishqoqlikka ega emas, shuning uchun tayyor mahsulotlar darhol qadoqlanishi yoki mijozga topshirilishi mumkin.
Ba'zi materiallar (PE, PP, PVDF, PET, orgsteklo, metallar) UB siyohlarining mustahkam o'rnatilishiga to'sqinlik qiluvchi yuza xususiyatlariga ega. Bunday hollarda yopishqoqlikni oshirish uchun avtomatik qo'llashning PR-200 praymeri qo'llaniladi. JFX200-2513 EX printeri praymerni buyumning butun yuzasiga ham, tanlab - faqat rasm chop etiladigan maydonga qo'llash imkonini beradi.
JFX200-2513 EX printeri uchun mo’ljallagan LH-100, LUS-120 va LUS-150 UB siyohlari xalqaro miqyosidagi GREENGUARD Gold sertifikatiga ega bo'lib, ularning xavfsizligi va ta'lim va tibbiyot muassasalari binolarida chop etish uchun mosligini tasdiqlaydi.
-
Xususiyatlari
Mimaki JFX200-2513 EX UB printer texnik xususiyatlari
Mimaki JFX200-2513 EX
Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar 3 ta shaxmat shaklda joylashgan Ricoh Gen5 O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin.7 pl
Маks. 35 plМаks. Sifati 1200 dpi Maks. chop etish maydoni 2500 x 1300 mm Maks. buyum o’lchami 2500 x 1300 mm Maks. buyum qalinligi 50 mm Maksimal stolga yuklamasi 50 kg/m2 Stolga buyumni fiksatsiyalash Ikki zonali vakuumli siqish tizimi Siyoh/Ranglar to’plami Ultrabinafsha qotish
LH-100/CMYKWCl
LUS-120/CMYKWCl
LUS-150/CMYKWCl
LUS-350/CMYKWCl
Praymer PR-200Siyoh qadog’i Idish 1 L Quvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 В 50 Гц Quvvati Маks. 2880 Вт Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000BASE-T Standartlar VCCI class A, CE mark, CB report, U.S. UL (UL62368-1), RoHS Directive, FCC Class A, Machinery directive, EAC, RCM Olchamlari 4400 х 2450 х 1250 mm Og’irligi 650 kg Ishlash shartlari Temperatura: +15-30 °С, отн. namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 1,5 мбOperation manual O'lcham: 13,5 мбТребования к трафаретам (джигам, оснасткам) O'lcham: 911,2 кб -
Video
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.