Mimaki UCJV300 kesuvchi UB-printeri
Mimaki UCJV300 kesuvchi UB printer, LED siyohni quritish manbalari bilan ichki va tashqi reklama grafiklarini chop etish va yuqori aniqlikdagi kontur kesish uchun mo'ljallangan. Ushbu printer oq siyoh va lakning rangli to'plamiga ega bo'lgan yuqori zichlikdagi elastik siyoh bilan chop etadi. Shaffof va rangli materiallarga yorqin ranglarda chop etishda oq siyoh ajralmas hisoblanadi. Yaltiroq, jilosiz yoki bo'rttirma yuzani shakllantiradigan lak esa yuqori qo'shimcha qiymatli chop etish uchun ajoyib vositadir. Siyohlar "sovuq" UB LED yorug'lik bilan qotiriladi, bu nozik va issiqlikka sezgir materiallardan foydalanishga imkon beradi.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video (6)
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Kesuvchi rinterda uch xil o'lchamdagi tomchilarni hosil qiluvchi ikkita to'rt kanalli bosma boshlari mavjud. O'zgaruvchan tomchilar hajmi, 1200 dpi gacha bo'lgan yuqori sifat va bir qator aqlli xususiyatlar tasvirlarni benuqson sifatda yaratishga imkon beradi.
UCJV300 printeri yuqori aniqlik va yuqori sifatli kesish uchun keng funksiyalarga ega. Innovatsion ID Cut funksiyasi unumdorlikni sezilarli darajada oshiradi va operator ishini optimallashtiradi. Barcha chop etish va kesish funktsiyalari RasterLink6Plus va RasterLink7 RIPlar tomonidan quvvatlanadi.
UCJV300 kesuvchi printer seriyasida ish maydoni kengligi 800, 1090, 1361 и 1610 mm bo’lgan printerlarni o’z ichiga oladi.
Mimaki UCJV300 kesuvchi UB printer xususiyatlari
- Bir uskunada chop etish va kesish imkoniyati;
- Chop etish unumdorligi – 25,8 m2/soatgacha;
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan 2 ta chop etish bosma boshlar;
- 1200 dpi gacha yuqori sifatda chop etish;
- Chop etish boshlarini deformatsiyalangan materialga tegmasligi uchun to'siq sensori;
- Bosim roliklarining bosimi avtomatik ravishda 4 ta sozlash oralig'ida sozlanadi (Yuqori/O'rta/Past/O'chirilgan). Bu yuqori tezlikda chop etish/kesish jarayonida turli materiallarning optimal tortilishini ta'minlaydi;
- Katta hajmdagi bosmalarni chop etish uchun siyohni uzluksiz etkazib berish tizimi;
- Ekologik xavfsiz va ob-havoga chidamli UB siyohlar;
- Oq siyoh va lak standart CMYK konfiguratsiyasini to'ldiradi.
- 4/5 qavat chop etish funksiyasi;
- Sovuq ultrabinafsha nurlanishning uzoq muddali LED manbai;
- Og'irligi 40 kg gacha bo'lgan rulonlar uchun mo'ljallangan avtomatik o'rash tizimi;
- Rangli LCD displeyli boshqaruv paneli. Uzoqdan aniq ko'rinadigan LED indikatori printerning holatini bildiradi;
- Elektron pochta orqali xabar berish funksiyasining mavjudligi;
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati;
- Illustrator va CorelDRAW uchun kuchli RIP RasterLink6 plus (yoki RasterLink7) va professional FineCut8 (yoki FineCut9) plagini kiritilgan;
- Vazifalarni boshqarish uchun ID Cut (shtrix-kod chop etish) ni qo'llab-quvvatlash.
Mimaki UCJV300 kesuvchi UB printer funksiyalari
- Waveform Control Technology (WCT) – tomchilarning to'g'ri shakli va ularning aniq joylashishi tufayli mukammal natijani beradi.
- Variable Dot Technology (VDT) – fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 4 (MAPS4) – o'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle check unit (NCU) – chop etish boshlarini holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi va avtomatik tozalash funksiyasini faollashtiradi.
- Nozzle recovery system (NRS) – tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Mimaki Fine Diffusion (MFD) – ranglarning silliq o'tishlari va bir meyorda ishlash uchun.
- Mimaki Circulation Technology (MCT) – pigment quyqalanishini oldini olish va oq rangda chop etishda bir xil quyilishni ta'minlash uchun oq siyoh resirkulyatsiya tizimi.
- Mimaki Clear Control (MCC) –changning tasvir yuzasiga yopishib qolishi va lak qatlamida havo pufakchalari paydo bo'lishining oldini olish uchun lakni nazorat qilish funksiyasi.
Konturli kesish funktsiyalari
- ID Cut – Shtrix-kodni avtomatik kesish va ish navbatini boshqarish uchun;
- Continuous crop mark detection – avtomatik uzluksiz belgini aniqlash;
- Normal cutting – yopishuvchi nakleykali materiallarni qisman kesish uchun;
- Full cutting – kesib o'tish;
- Half-Cut – nuqtali kesish, unda yopishuvchi plyonkadan kesilgan grafikalar bilan varaqning butunligini saqlab qolish uchun nixlar qoldiriladi;
- Over cut va Corner cut – bu elementlarni oson tanlash uchun o'tkir burchaklar va doiralar bilan elementlarni yuqori sifatli kesish uchun;
- Zero margin – nol chegaralari bilan kesish uchun materiallar chiqindilarini kamaytirish uchun ishlatiladi;
- P&C/C&P without crop mark – ishonchli belgilarsiz kesish, bunda ishlov berish maydoni minimal darajaga qisqartiriladi;
- Segment correct function uzun vazifalarni kesishda segmentni tuzatish uchun.
Bir zumda qotadigan Mimaki LUS-170 ultrabinafsha siyohlari
LUS-170 UB siyoh Mimaki UCJV300 printeri uchun maxsus ishlab chiqilgan. Chop etilgandan so’ng siyoh bir zumda quriydi va chop etishdan keyingi operatsiyalarga darhol o'tkazilishi mumkin. Bu ish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi va ish vaqtini qisqartiradi. Solventli chop etish bilan solishtirganda vaqtni tejash deyarli 90% ni tashkil qiladi, bunda chop etilgan siyoh to'liq quriguncha ushlab turilishi kerak.
Bo’yoq qatlami elastik bo’lganligi uchun u qayta-qayta buklanganda yoki rulonga o'ralganda yorilib ketmaydi. Qattiqlashtirilgan siyohning cho'zilish nisbati 170% ni tashkil qiladi, bu esa uni notekis sirtlarda (masalan, avtomobil grafikasi) ishlatiladigan quyma PVX plyonkalarda chop etish uchun mos qiladi. U suv va spirtga chidamli, quyoshda o’chmaydi va qirilmaydi. Qo'shimcha laminatsiyasiz tasvirlar uzoq vaqt davomida ochiq havoda ishlatilishi mumkin.
LUS-170 siyohlari keng assortimentdagi materiallarga mos keladi - turli qog'ozlar, PVX va PET plyonkalar, vinil va polietilen bannerlar, to'qimachilik, xolst, freska, devor qog'ozi, devor qog'ozi, metallashtirilgan plyonkalar, tabiiy va sun'iy charm, yupqa rulonli va listli plastmassalar
(200- 400 mkm).Siyohlar har qanday chop etish rejimlarida barqaror ishlaydi, yuqori optik zichligi va kamchiqimligi bilan ajralib turadi.
LUS-170 siyohlari xalqaro miqyosidagi GREENGUARD Gold sertifikatiga ega bo'lib, ularning xavfsizligi va ta'lim va tibbiyot muassasalari binolarida chop etish uchun mosligini tasdiqlaydi.
-
Xususiyatlari
Mimaki UCJV300 kesuvchi UB printerning texnik xususiyatlari
UCJV300-75 UCJV300-107 UCJV300-130 UCJV300-160 Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar Qatorga joylashgan 2ta to’rtkanalli Ricoh Gen5 bosma boshlari O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin. 7 pl
Маks. 28 plChop etish boshi balandligi 2,0 мм; 2,5 мм; 3,0 мм, qo'lda sozlanish Маks. sifati 1200 dpi Maks. chop etish kengligi 800 мм 1090 мм 1361 мм 1610 мм Maks. material kengligi 810 мм 1100 мм 1371 мм 1620 мм Maks. material qalinligi 1.0 мм Maks. rulonning og'irligi 40 kg Maks. rulon diametri 250 мм Ftulka diametri 2’’ (5,08 мм) va 3’’ (76,2 мм) Siyoh UB qotish LUS-170 Ranglar to'plami CMYKLcLm + WCl Siyoh qadog’i Idish 1 L Kesish tezligi Мaks. 300 mm/s. Pichoq bosimi 10-450 гс Asbob Flyuger pichoq, qalam ushlagich Quvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 В, 50 Гц Quvvati Маks. 1920 Вт x 2 Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000 BASE-T Standartlar VCCI class A, FCC class A, UL 60950-1ETL, CE
(EMC, Low Voltage and Machinery), CB, RoHS, REACH, RCM, Energy StarOlchamlari 2090 х 776 х 1475 mm 2380 х 776 х 1475 mm 2650 х 776 х 1475 mm 2900 х 776 х 1475 mm Og’irligi 139 kg 156 kg 172 kg 188 kg Ishlash shartlari Temperatura: +20-30 °С, отн. namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 3,1 мбOperation manual O'lcham: 15 мб -
Video (6)
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.