iECHO PK kesish plotteri
Kichik hajmdagi tezkor ishlab chiqarish uchun iECHO PK planshetli kesish plotteri to‘liq avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, keng assortimentdagi asboblar tufayli konturni kesish, kertish, burish, teshish va markalashni yuqori tezlik va sifatli amalga oshirish imkonini beradi. U ixtiyoriy ravishda V-shaklli pichoq va tishli diskli pichoq bilan jihozlangan. Ushbu plotter PVX-plyonka, yorug’lik aks ettiruvchi kompozit plyonka, PP-qog'oz, har xil turdagi karton, plastmassa, 1200 x 900 mm gacha va qalinligi 10 mm gacha bo'lgan listlardagi magnit vinilga ishlov berish uchun mo'ljallangan.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video (8)
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Ushbu plotter bir qator qulay apparat vazifalari va aqlli funksiyalar bilan jihozlangan bo'lib, ular operator ishini imkon qadar qulay, samarali va xavfsiz qiladi. Samaradorlikni oshirish uchun plotter konveyer tasmasi uchun avtomatik material berish tizimi va tayyor qismlarni yig'ish uchun qabul qiluvchi idish bilan jihozlangan. Yopishqoq plyonkalarni katta hajmda ishlab chiqarish uchun ixtiyoriy qo’shimcha sifatida rulonli uzatib berish apparati mavjud. QR kodini o'qish funksiyasi operator aralashuvisiz vazifalar navbatini shakllantirish va tegishli ishlov berish rejimlaridan foydalanish imkonini beradi. O'rnatilgan CCD kamera (HD Vision tizimi) tufayli materialni joylashtirish yuqori aniqlik bilan amalga oshiriladi. Asbob modulining tuzilishi bir ish doirasida turli operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Karetka to'siqning paydo bo'lishini sezadigan maxsus sensorlar bilan jihozlangan, buning natijasida ish jarayoni to'xtatiladi va operatorga jarohat olish xavfi tug’ilmaydi. Plotter ixtiyoriy ravishda oldindan o'rnatilgan boshqaruv dasturiga ega kompyuter bilan jihozlanishi mumkin.
iECHO PK kesish plotterining model qatori ish maydoni 600 x 400 mm, 750 x 530 mm va 1200 x 900 mm bo'lgan beshta qurilmadan iborat. Bu Heidelberg, KBA, RYOBI, Komori ofset tizimlari va Xerox, Konica Minolta, Ricoh, Canon, HP, Oce raqamli uskunalari, shuningdek, A2 va A3 poligrafiya uskunalari uchun ajoyib qo'shimcha hisoblanadi.
iECHO PK zamonaviy ergonomik dizayn, juda ixcham o‘lcham va past shovqin darajasiga ega.
iECHO MCT-5035 aylanadigan kesish mashinasining xususiyatlari
- Kuchaytirilgan payvandlangan ramka tufayli konstruksiyaning mustahkamligi va chidamliligi;
- Ish stolida listlarni uzluksiz avtomatik ravishda uzatib berish;
- Asbob modulining shikastlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun to'siq sensori;
- Operatorsiz uzoq muddatli ishlash imkoniyati listlarni katta taxlamdan avtomatik ravishda uzatish, tayyor mahsulotlarni qabul qilish idishiga ko'chirish va tushirish orqali ta'minlanadi;
- Samarali vakuumli siqish tizimi materialning ish yuzasiga mustahkam mahkamlanishini ta'minlaydi;
- Yuqori aniqlikdagi konturli kesish va QR kodni skanerlash uchun CCD kamera (maxsus dasturiy ta'minot talab qilinadi);
- Ikki xil asbobni bitta ishda ketma-ket ishlashi uchun asboblar moduliga o'rnatish imkoniyati;
- Turli materiallar uchun ikki xil flyuger pichoqni o'rnatish orqali bosim va kesish chuqurligi sozlamalari har bir pichoq uchun alohida o'rnatilishi mumkin;
- Toza kesilgan qirralar va aniq burma chiziqlari;
- Konveyer tasmasi avtomatik ravishda ishlov berilgan materialni qabul qiluvchi patnisga yuboradi (to’plamda mavjud);
- Vakuum nasosi va kompressor kiritilgan;
- Avtomatik uzatuvchi havo tortuvchisi bilan;
- Oson o'rnatish va professional dasturlardan foydalanish (IBrightCut, CutterServer) – hech qanday murakkab sozlamalar talab qilinmaydi;
- Operator xavfsizligi uchun favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ishni favqulodda to'xtatish;
- Odatiy bir fazali elektr tarmoqqa oddiy ulanish;
- Harakatlanish qulayligi uchun aylanadigan g'ildiraklar.
iECHO PK kesish plotterining qo’llanilishi
- Stikerlar, etiketkalar;
- POS materiallar;
- Qadoqlash – seriyali mahsulotlar, prototiplar va namunalar;
- Suvenirlar;
- Maket va modullar;
- Mualliflik tabriknomalar va taklifnomalar;
- Karton/plastmassa ish yuritish buyumlari;
- Plyonkali applikatsiyalar;
- Qumlash (qalin plyonkalar) va bo'yash uchun trafaretlar;
- O’yin qartalari.
Kesish/burish/chizish xususiyatlari
- Uzluksiz avtomatik belgilarni aniqlash;
- Chiziqli va andozali kesish;
- Butunlay tagigacha va qisman kesish (plyonkani astarigacha kesish);
- Zichligi 400 g/m2 dan ortiq materiallarga kerakli chuqurlikdagi ariqchalarni chiqarish uchun bir xil chiziqlar bo'ylab ikki marta burma;
- Burma asbob bosimi – 4 kg gacha;
- Qalin materiallarda keyinchalik oxista egilish uchun turli burchakli (0°, 15°, 22,5°, 30° yoki 45°) V-shaklli tirqish (ixtiyoriy qo’shimcha);
- Teshish (ixtiyoriy qo’shimcha);
- Maxsus ushlagichga o'rnatilgan qalam bilan materialga turli naqshlar, sxemalar, diagrammalar va belgilar chizish.
Asbob – Ishlov beriladigan materiallar
- Flyuger pichoqlar (KCT) turli charxlash burchaklar bilan: PVX plyonkalarni kesish, sintetik (PP) qog'oz, qadoqlash kartonini kesish uchun;
- Tangensial pichoq (UCT): yorug’lik aks ettiruvchi va trafaret plyonkalarni, PET, rezina, magnitli vinilni kesish uchun;
- Ostsillik pichoq (EOT) vertikal harakati: o'rta zichlikdagi materiallarni kesish – karton, gofrokarton, ko'pikli karton kesish uchun;
- Burma g'ildiraklar (CTT): qalin qog'oz, karton, gofrokarton va yupqa plastmassalarga (PP, PVX) burma chiziqlarini qo'llash. V-Cut pichog’ni burma pichoq bilan almashtirish mumkin;
- Qalam asbobi: qalam bilan chizish va belgilash.
-
Xususiyatlari
iECHO PK kesish plotterining texnik xususiyatlari
iECHO PK-0604 iECHO PK-0705 iECHO PK-0604 PLUS iECHO PK-0705 PLUS iECHO PK-1209 PRO MAX Kesish maydoni 600 x 400 mm 750 x 530 mm 600 x 400 mm 750 x 530 mm 1200 x 900 mm Konveyer To’plamda mavjud Material qotirilishi Vakuumli siqish tizimi kiritilgan Kesishning maksimal tezligi 1000 mm/sek. Kesish aniqligi ± 0,1 mm Mavjud asboblar 2ta flyuger pichog’i, g’ildirakli burma,
qalam ushlagichi2ta flyuger pichog’i, ostsillik pichog’,
g’ildirakli burma, qalam ushlagichi2ta flyuger pichog’i,
tangensial pichog’, ostsillik pichog’, g’ildirakli burma, qalam ushlagichiAvtomatik uzatish uchun listlarning maksimal soni 400 list, material zichligi 250 g/m2 Taxlam balandligi 120 mm Ishlov uchun mos materiallar PVX plyonka, karton, PP qog’oz, yorug’lik aks ettiruvchi materiallar, magnitli vinil Karton, gofrokarton, penokarton, porolon, ko’pirtirilgan PE (PPE), EVA, plastmassa, PVX plyonka,
PP qog'oz, yorug’lik aks ettiruvchi materiallar, magnitli vinil, rezinaMaterialning maksimal qalinligi 2 mm 6 mm 10 mm Ma'lumotlar formatlari PLT, DXF, HP/GL, PDF, EPS Elektr manbai 1 faza: 220 V, 50 Gs Quvvati 4 kVt 7 kVt O’lchamlari 2350x900x1150 mm 2500x1050x1150 mm 2350x900x1150 mm 2500x1050x1150 mm 3200x1500x1150 mm Og’irligi 230 kg 250 kg 230 kg 250 kg Ma`lumot yoq -
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 2,6 мб -
Video (8)
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.