
Mimaki UJF-7151 PlusII UB printeri
Mimaki UJF-7151 PlusII – bu chop etish maydoni 710 x 510 mm bo'lgan so'nggi avlod ixcham LED UB planshetli printeri. Yangilangan dizayni, ilg'or ish stoli mexanizmi, vakuumli buyum siqish tizimi, sanoat darajasidagi bosma boshlari va ilg'or xususiyatlari bilan ushbu model ajoyib chop etish sifati, yuqori samaradorlik va ish jarayonining barqarorlikni ta'minlaydi. Ushbu printer uchun siyohlarning uchta seriyasi taklif etiladi - qattiq va moslashuvchan materiallarga chop etish uchun, shuningdek, termal shakllanish uchun siyohlar. Shunday qilib, printer foydalanuvchilari o'z vazifalariga qarab o'zlari uchun eng yaxshi yechimni tanlashlari mumkin.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Uskunalarning ushbu sinfidagi eng yaxshi mahsuldorlikka oldingi UJF-7151 Plus’ga qaraganda tezroq bosma boshlari bilan erishildi. Barcha rangdagi siyohlar uchun sirkulyatsiya tizimi pigmentlarning cho'kishini butunlay yo'q qiladi, bu ranglarning o'zgarmasligini va chop etish tizimining barqaror ishlashini kafolatlaydi.
Silindrsimon buyumlar – vazalar, stakanlar, butilkalar va boshqalarda aylana shaklida chop etish uchun UJF-7151 PlusII UV printerning ish stoliga ixtiyoriy ravishda KEBAB MkII L uskunasini osongina o‘rnatish mumkin. KEBAB RasterLink7 RIP’da ishlaydi.
Mimaki UJF-7151 PlusII UB printerining xususiyatlari
- Chop etish unumdorligi – 8 m2/soatgacha;
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan 8 ta chop etish bosma boshlar;
- 1800 dpi gacha yuqori sifatda chop etish;
- Samaradorlikni oshirish uchun CMYK+CMYK qo’shimcha funksiyasi;
- Chop etish boshlarini deformatsiyalangan yoki balandligi to’g’ri kelmaydigan materialga tegmasligi uchun to'siq sensori;
- Kuchaytirilgan stol tebranishlarning yo'qligini va chop etishning yuqori aniqligini ta'minlaydi;
- Buyumning vakuum qisqichli stoli to’plamda;
- Qalinligi 153 mm gacha (stolning vertikal kursi) va og'irligi 5 kg gacha bo'lgan materiallarga chop etish;
- Chop etish uchun siyohni uzluksiz etkazib berish tizimi;
- Ekologik xavfsiz va ob-havoga chidamli 3 seriya UB siyohlar;
- Siyohlar konfiguratsiyasi Lc va Lm ranglari bilan to’ldirilgan;
- Oq siyoh hamda lak;
- Barcha ranglar siyohi uchun resirkulyatsiya tizimi;
- Bir necha qavat chop etish funksiyasi;
- Sovuq ultrabinafsha nurlanishning uzoq muddali LED manbai;
- Printer holati indikatori korpusning yuqori qismiga o'rnatilgan (ixtiyoriy);
- Silindrsimon buyumlarga chop etish uchun KEBAB MkII qo’shimchasi;
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati;
- Robototexnikani ulash va mavjud ishlab chiqarish tizimlari bilan aloqa qilish uchun MDL buyruqlarini qo'llab-quvvatlash;
- Elektron pochta orqali xabar berish funksiyasining mavjudligi;
- Kuchli RIP RasterLink7 soyali va shaffoflikli PDF-fayllarni tezda qayta ishlaydi va o'zgaruvchan ma'lumotlarni va Brayl yozuvini chop etish funksiyasiga ega.
Mimaki UJF-7151 PlusII UB-printer funksiyalari
- Waveform Control Technology (WCT) – tomchilarning to'g'ri shakli va ularning aniq joylashishi tufayli mukammal natijani beradi.
- Variable Dot Technology (VDT) – fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 4 (MAPS4) – o'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle check unit (NCU) – chop etish boshlarini holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi va avtomatik tozalash funksiyasini faollashtiradi.
- Nozzle recovery system (NRS) – tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Mimaki Fine Diffusion (MFD2) – ranglarning silliq o'tishlari va bir meyorda ishlash uchun (yangilangan versiya).
- Mimaki Circulation Technology (MCT) – pigment quyqalanishini oldini olish va oq rangda chop etishda bir xil quyilishni ta'minlash uchun oq siyoh resirkulyatsiya tizimi.
- Automatic Wiper Cleaning (AWC) – bosma boshni tozalash jarayonida vayperdagi siyohlar avtomatik ravishda tozalanadi, bu yuqori sifatli chop etishni ta'minlaydi va kundalik xizmat ko’rsatishni osonlashtiradi.
- Mimaki Clear Control (MCC) –changning tasvir yuzasiga yopishib qolishi va lak qatlamida havo pufakchalari paydo bo'lishining oldini olish uchun lakni nazorat qilish funksiyasi.
- Color Gloss funksiyasi – lakni ishlatmasdan tasvirning jiloli yuzasini shakllantirish.
UB Siyohlar va praymer
Mimaki UJF-7151 PlusII printeri chop etish vazifasi va ishlatiladigan materiallarga qarab tanlash uchun uchta seriyali UB siyohga ega.
LH-100 siyohlari qattiq buyumlarga chop etish uchun mo'ljallangan. Shakllangan qattiq siyoh qatlami yuvilishga, quyosh nuriga, suvga va kimyoviy moddalarga juda chidamli. Ushbu siyohlar belgilar, POS-materiallar, raqam belgilari, breloklar, mukofotlar, plastik kartochkalar, asboblar paneli, bezak qoplamalari, maishiy texnika va gadjetlar uchun korpuslarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi Lc va Lm siyohlari, oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
LUS-120 siyohlari elastik siyoh qatlamini yaratadi va shuning uchun foydalanish paytida tez-tez buklanadigan yoki buraladigan materiallar va buyumlarga chop etish uchun mo’ljallangan. Siyoh qatlamining cho'zilish darajasi 170% ni tashkil etadi, bu sizga tayyor mahsulotlardan (papkalar, hamyonlar, kitob qutilari va boshqalar) tasvirda yoriqlar va parchalanish xavfisiz foydalanish imkonini beradi. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
LUS-350 siyoh plastmassaga tasvirlarni qoliplash imkonini beruvchi noyob xususiyatga ega. Ushbu siyoh qoliplash haroratida (120-200°C) 350% ga cho'zilish qobiliyatiga ega. Shakllangan mahsulot soviganidan so'ng, siyoh qatlami qattiq bo'ladi. LUS-350 seriyasi quyosh nuriga, noqulay ob-havo omillariga, mexanik kuchga juda chidamli, shuning uchun uni tashqi reklama ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
Yuqoridagi barcha seriyalarning UB siyohlari bir zumda qotadi, yopishqoqlikka ega emas, shuning uchun tayyor mahsulotlar darhol qadoqlanishi yoki mijozga topshirilishi mumkin.
Ba'zi materiallar (PE, PP, PVDF, PET, orgsteklo, metallar) UB siyohlarining mustahkam o'rnatilishiga to'sqinlik qiluvchi yuza xususiyatlariga ega. Bunday hollarda yopishqoqlikni oshirish uchun avtomatik qo'llashning PR-200 praymeri qo'llaniladi. UJF-7151 PlusII printeri praymerni buyumning butun yuzasiga ham, tanlab - faqat rasm chop etiladigan maydonga qo'llash imkonini beradi.
UJF-7151 PlusII printeri uchun mo’ljallagan LH-100 и LUS-120 UB siyohlari xalqaro miqyosidagi GREENGUARD Gold sertifikatiga ega bo'lib, ularning xavfsizligi va ta'lim va tibbiyot muassasalari binolarida chop etish uchun mosligini tasdiqlaydi.
-
Xususiyatlari
Mimaki UJF-7151 PlusII UB printer texnik xususiyatlari
Mimaki UJF-7151 PlusII
Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar 8 ta shaxmat shaklda joylashgan O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin.6 pl
Маks. 30 plМаks. Sifati 1800 dpi Maks. chop etish maydoni 710 х 510 mm Maks. buyum o’lchami 730 x 530 mm Maks. buyum qalinligi 153 mm Maks. buyum og’irligi 30 kg Stolga buyumni fiksatsiyalash Vakuumli tortish tizimi Siyoh/Ranglar to’plami Ultrabinafsha qotish
LH-100/CMYKLcLmWCl
LUS-120/CMYKLcLmWCl
LUS-350/CMYKWCl
Praymer PR-200Siyoh qadog’i Idish 1 L Quvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 В 50 Гц Quvvati Маks. 1300 Вт Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000BASE-T Standartlar VCCI class A, FCC class A, (EMC, RoHS),
CB report, REACH, Energy Star, ETL IEC62368-1, EAC, RCMOlchamlari 2203 mm x 1572 mm x 1293 mm Og’irligi 330 kg Ishlash shartlari Temperatura: +15-30 °С, отн. namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Hujjatlar
Hujjatlar
Operation manual O'lcham: 12,8 мбТребования к трафаретам (джигам, оснасткам) O'lcham: 911,2 кб -
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.