Mimaki UJF-3042 MkII e UB printeri
Mimaki UJF-3042 MkII e ultrabinafsha printeri – ish stoli planshetli siyohni qotiruvchi LED manbasiga ega, foydalanish qulayligi, chop etish samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U chop etishning benuqson sifati va ishonchliligini ta'minlash uchun eng ilg'or xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Printer 300 x 420 mm ish maydoniga ega va qalinligi 153 mm gacha va og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan turli qattiq va egiluvchan materiallarga chop etishi mumkin. Ushbu modelga LD mode funksiyasi yuklangan, bu sizga yuqori aniqlikdagi notekis yuzali materiallarga siyoh changisiz chop etish imkonini beradi.
-
NULL
- Mahsulot haqida
- Xususiyatlari
- Hujjatlar
- Video (4)
- Savol berish
-
Mahsulot haqida
Калькулятор расчета себестоимости печати
Площадь печати, мм×Режим печати CMYKПечать белым цветомЛакированиеПлощадь лакированияРасход чернил CMYK, мл: 0Расход белых чернил, мл: 0Расход лака, мл: 0Себестоимость, сум:0
To’sqinlarning yangi lazerli sensori va UB LED manbaa atrofidagi maxsus qoplamli maydon, buyumni aniqlashning to’g’riligini yaxshilaydi va yaltiroq yoki oynali yuzalarda chop etishda UB aks ettirishning oldini oladi.
Printerga KEBAB moslamasini osongina o‘rnatish mumkin, uning yordamida diametri 10 dan 100 mm gacha bo‘lgan silindrsimon buyumlarni ularning butun doira yuzasi bo‘ylab tasvirlarni chop etish mumkin.
Printer eng yangi RasterLink7 rastr protsessori bilan jihozlangan, u oldingi avlod RIP-ga qaraganda 25% tezroq riplaydi, o'zgaruvchan ma'lumotlarni chop etish, ranglarni o’rni almashish va shtrix kodini skanerlashni qo'llab-quvvatlaydi, PDF-fayllarni qayta ishlashning aniqligini ta'minlaydi hamda qulay interfeysga ega. Bu Sizga 30 tagacha chop etish sozlamalarini “qaynoq” papkalar sifatida saqlash va ishlatilgan siyoh miqdorini aniq hisoblash imkonini beradi.
Mimaki UJF-3042 MkII e UB printerining xususiyatlari
- Chop etish unumdorligi – 2,48 m2/soatgacha (soatiga 38 ta A4 varoq);
- O'zgaruvchan hajmdagi tomchi bilan tez ishlaydigan 3 ta chop etish bosma boshlar;
- 1200 dpi gacha yuqori sifatda chop etish;
- Chop etish boshlarini deformatsiyalangan yoki balandligi to’g’ri kelmaydigan materialga tegmasligi uchun to'siq sensori;
- Shaffof narsalarga ham sezgir bo'lgan yangilangan bosma boshlar balandligi sensori;
- Ish stolini ko'chirishda tebranish yo'q;
- Buyumning vakuum qisqichli stol (ixtiyoriy);
- Qalinligi 153 mm gacha (stolning vertikal kursi) va og'irligi 5 kg gacha bo'lgan materiallarga chop etish;
- Chop etish uchun siyohni uzluksiz etkazib berish tizimi;
- Ekologik xavfsiz va ob-havoga chidamli 3 seriya UB siyohlar;
- ARTISTA lak teksturalarining o'rnatilgan kutubxonasi;
- Bir necha qavat chop etish funksiyasi;
- Sovuq ultrabinafsha nurlanishning uzoq muddali LED manbai;
- Operator xavfsizligi va changning chop etish maydoniga kirishiga yo'l qo'ymaslik uchun himoya chop etish maydon qopqog'i;
- MRA (Mimaki Remote Access) funksiyasining mavjudligi – smartfon yoki shaxsiy kompyuter yordamida printer holatini masofadan turib kuzatish imkonini beradi;
- Silindrsimon buyumlarga chop etish uchun KEBAB MkII qo’shimchasi;
- Printer holati indikatori korpusning yuqori qismiga o'rnatilgan (ixtiyoriy);
- Boshqaruv panelidagi qulay interaktiv yo’riqnomalar;
- Bir nechta printerlarni bitta kompyuterga yoki bir nechta kompyuterlarni bitta printerga ulash uchun Ethernet interfeysi orqali ulanish imkoniyati;
- Robototexnikani ulash va mavjud ishlab chiqarish tizimlari bilan aloqa qilish uchun MDL buyruqlarini qo'llab-quvvatlash;
- Kuchli RIP RasterLink7 soyali va shaffoflikli PDF-fayllarni tezda qayta ishlaydi va o'zgaruvchan ma'lumotlarni va Brayl yozuvini chop etish funksiyasiga ega.
Mimaki UJF-3042 MkII e UB-printer funksiyalari
- Waveform Control Technology (WCT) – tomchilarning to'g'ri shakli va ularning aniq joylashishi tufayli mukammal natijani beradi.
- Variable Dot Technology (VDT) – fotografik chop etish sifati, kichik tasvir detallarining aniqligi va silliq rang gradientlari uchun uch xil tomchi hajmini hosil qiluvchi o'zgaruvchan tomchi hajmi texnologiyasi.
- Mimaki Advanced Pass System 4 (MAPS4) – o'tish oralig'ini yo'q qiladi va bir xil tasvir zichligini kafolatlaydi.
- Nozzle check unit (NCU) – chop etish boshlarini holatini avtomatik ravishda kuzatib boradi va avtomatik tozalash funksiyasini faollashtiradi.
- Nozzle recovery system (NRS) – tozalashdan keyin ba'zi ishlamay qolgan dyuzalarni, ishlaydigan dyuzalarga almashtiradi.
- Mimaki Fine Diffusion (MFD2) – ranglarning silliq o'tishlari va bir meyorda ishlash uchun (yangilangan versiya).
- Mimaki Circulation Technology (MCT) – pigment quyqalanishini oldini olish va oq rangda chop etishda bir xil quyilishni ta'minlash uchun oq siyoh resirkulyatsiya tizimi.
- Mimaki Clear Control (MCC) –changning tasvir yuzasiga yopishib qolishi va lak qatlamida havo pufakchalari paydo bo'lishining oldini olish uchun lakni nazorat qilish funksiyasi.
- LD rejimi – balandligi 4,5 mm bo'lgan tekis bo'lmagan sirtlarda aniq chop etish rejimi.
- Jig Bar Code – elementlar jiglarga joylashtirilganda ma'lum bir vazifaning shtrix-kodi orqali avtomatik ishga tushirish funktsiyasi. Funktsiya RIP RasterLink7 tomonidan quvvatlanadi.
UB Siyohlar va praymer
Mimaki UJF-3042 MkII e printeri chop etish vazifasi va ishlatiladigan materiallarga qarab tanlash uchun uchta seriyali UB siyohga ega.
LH-100 siyohlari qattiq buyumlarga chop etish uchun mo'ljallangan. Shakllangan qattiq siyoh qatlami yuvilishga, quyosh nuriga, suvga va kimyoviy moddalarga juda chidamli. Ushbu siyohlar belgilar, POS-materiallar, raqam belgilari, breloklar, mukofotlar, plastik kartochkalar, asboblar paneli, bezak qoplamalari, maishiy texnika va gadjetlar uchun korpuslarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
LUS-120 siyohlari elastik siyoh qatlamini yaratadi va shuning uchun foydalanish paytida tez-tez buklanadigan yoki buraladigan materiallar va buyumlarga chop etish uchun mo’ljallangan. Siyoh qatlamining cho'zilish darajasi 170% ni tashkil etadi, bu sizga tayyor mahsulotlardan (papkalar, hamyonlar, kitob qutilari va boshqalar) tasvirda yoriqlar va parchalanish xavfisiz foydalanish imkonini beradi. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyoh va lakni o'z ichiga oladi.
LUS-150 siyohlari ham elastik qatlam hosil qiladi, lekin cho'zilish nisbati 150%. Ushbu siyohlar egiluvchan materiallarga (shu jumladan charm va moslashuvchan plastmassalarga) va akril shisha kabi qattiq materiallarga chop etish uchun mos keladi. Ushbu yuqori bardoshli siyohlar seriyasi turli xil plitalar, belgilar, mukofotlar va yumshoq narsalarni bezash uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu seriyaning konfiguratsiyasi oq siyohni o'z ichiga oladi.
Yuqoridagi barcha seriyalarning UB siyohlari bir zumda qotadi, yopishqoqlikka ega emas, shuning uchun tayyor mahsulotlar darhol qadoqlanishi yoki mijozga topshirilishi mumkin.
Ba'zi materiallar (PE, PP, PVDF, PET, orgsteklo, metallar) UB siyohlarining mustahkam o'rnatilishiga to'sqinlik qiluvchi yuza xususiyatlariga ega. Bunday hollarda yopishqoqlikni oshirish uchun avtomatik qo'llashning PR-200 praymeri qo'llaniladi. UJF-3042 MkII e printeri praymerni buyumning butun yuzasiga ham, tanlab - faqat rasm chop etiladigan maydonga qo'llash imkonini beradi.
UJF-3042 MkII e printer uchun mo’ljallagan barcha Mimaki UB siyohlari xalqaro miqyosidagi GREENGUARD Gold sertifikatiga ega bo'lib, ularning xavfsizligi va ta'lim va tibbiyot muassasalari binolarida chop etish uchun mosligini tasdiqlaydi.
-
Xususiyatlari
Mimaki UJF-3042 MkII e UB printer texnik xususiyatlari
Mimaki UJF-3042 MkII e
Chop etish texnologiyasi Pyezosiyoh drop-on-demand Bosma boshlar 3 ta shaxmat shaklda joylashgan ikkikanalli
Toshiba CE4O'zgaruvchan tomchi hajmi Мin.5 pl
Маks. 22 pl (yuqori zichlik rejimida – 27 pl)Маks. Sifati 1200 dpi Maks. chop etish maydoni 300 х 420 mm (А3) Maks. buyum o’lchami 300 х 420 mm Ish yuzasining tekisligi 0,5 mm Maks. buyum qalinligi 153 mm Maks. buyum og’irligi 5 kg Stolga buyumni fiksatsiyalash Ixtiyoriy – vakuumli stol Siyoh/Ranglar to’plami Ultrabinafsha qotish
LH-100/CMYKWCl
LUS-120/CMYKWCl
LUS-150/CMYKW
Praymer PR-200Siyoh qadog’i Idish 1 L Siyoh changini yutish uchun ventilyator Optsiya Quvvatlantirish manbai 1 faza: 220-240 В 50 Гц Quvvati Маks. 1000 Вт Interfeys USB 2.0/Ethernet 1000BASE-T Standartlar VCCI class A, FCC class A, (EMC, RoHS),
CB report, REACH, Energy Star, ETL IEC62368-1, EAC, RCMOlchamlari (siyoh yetkazish tizimisiz) 1355 мм х 1290 мм х 856 мм Og’irligi 135 kg Ishlash shartlari Temperatura: +20-30 °С, отн. namlik 35-65 % (kondensatsiyasiz) -
Moddalar
-
Hujjatlar
Hujjatlar
Рекламная брошюра O'lcham: 2,5 мбРуководство пользователя O'lcham: 9 мбOperation manual O'lcham: 14,9 мбТребования к ежедневному уходу и техобслуживанию O'lcham: 1,4 мбТребования к трафаретам (джигам, оснасткам) O'lcham: 911,2 кб -
Video (4)
-
Savol berishMahsulot yoki kompaniya ishi bo’yicha Sizni qiziqtirgan har qanday savolni berishingiz mumkin.
Bizning malakali mutaxassislarimiz Sizga albatta yordam berishadi.