
УФ-принтеры Mimaki
Нет в наличии Mimaki UJV100-160 – 1,6 m ish maydoniga ega bo'lgan rulonli UB printer, an'anaviy solvent printer narxi bilan taqqoslanadigan foydalanisning a`lo xarakteristikasi, keng funksionallik, yuqori chop etish sifati, samaradorlik va hamyonbop narxga ega. Ushbu printer universal bo’lib, unda turli xil qoplamasiz materiallarda chop etishi mumkin. LED manbalarining UB nurlarni simob lampalar kabi ortiqcha issiqlik hosil qilmaydi, shuning uchun issiqlikka sezgir materiallar deformatsiya xavfisiz ishlatilishi mumkin. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki UJV100-160 Plus - новый рулонный УФ-принтер с рабочим полем 1,6 м, отличающийся отличными эксплуатационными характеристиками, расширенным функционалом, высоким качеством печати, производительностью и доступной ценой, сравнимой с ценой обычного сольвентного принтера. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki UCJV300 kesuvchi UB printer, LED siyohni quritish manbalari bilan ichki va tashqi reklama grafiklarini chop etish va yuqori aniqlikdagi kontur kesish uchun mo'ljallangan. Ushbu printer oq siyoh va lakning rangli to'plamiga ega bo'lgan yuqori zichlikdagi elastik siyoh bilan chop etadi. Shaffof va rangli materiallarga yorqin ranglarda chop etishda oq siyoh ajralmas hisoblanadi. Yaltiroq, jilosiz yoki bo'rttirma yuzani shakllantiradigan lak esa yuqori qo'shimcha qiymatli chop etish uchun ajoyib vositadir. Siyohlar "sovuq" UB LED yorug'lik bilan qotiriladi, bu nozik va issiqlikka sezgir materiallardan foydalanishga imkon beradi. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki UJV55-320 3,2 m ultra keng formatli, UB siyohni qotiruvchi LED manbaa ega bo'lgan ,yuqori tejamkor va reklama biznes imkoniyatlarini kengaytiradigan UB printeridir. UJV55-320 UB printerining o'ziga xos xususiyati shaffof materiallarga chop etishni boshqarish uchun old tomoniga o'rnatilgan to'liq kenglikdagi Mimaki Proofing Panel yorug'lik qutisidir. Bu sizga chop etishning kamchiliklari va yorqinligini osongina kuzatish va butun nuqsonli chop etish tirajining oldini olish imkonini beradi. Bu nafaqat vaqtni, balki sarflanadigan materiallarni ham tejaydi. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki UJF-3042 MkII e ultrabinafsha printeri – ish stoli planshetli siyohni qotiruvchi LED manbasiga ega, foydalanish qulayligi, chop etish samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U chop etishning benuqson sifati va ishonchliligini ta'minlash uchun eng ilg'or xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Printer 300 x 420 mm ish maydoniga ega va qalinligi 153 mm gacha va og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan turli qattiq va egiluvchan materiallarga chop etishi mumkin. Ushbu modelga LD mode funksiyasi yuklangan, bu sizga yuqori aniqlikdagi notekis yuzali materiallarga siyoh changisiz chop etish imkonini beradi. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki UJF-6042 MkII e ultrabinafsha printeri – ish stoli planshetli siyohni qotiruvchi LED manbasiga ega, foydalanish qulayligi, chop etish samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U chop etishning benuqson sifati va ishonchliligini ta'minlash uchun eng ilg'or xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Printer 610 х 420 mm ish maydoniga ega va qalinligi 153 mm gacha va og‘irligi 8 kg gacha bo‘lgan turli qattiq va egiluvchan materiallarga chop etishi mumkin. Ushbu modelga LD mode funksiyasi yuklangan, bu sizga yuqori aniqlikdagi notekis yuzali materiallarga siyoh changisiz chop etish imkonini beradi. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki UJF-7151 PlusII – bu chop etish maydoni 710 x 510 mm bo'lgan so'nggi avlod ixcham LED UB planshetli printeri. Yangilangan dizayni, ilg'or ish stoli mexanizmi, vakuumli buyum siqish tizimi, sanoat darajasidagi bosma boshlari va ilg'or xususiyatlari bilan ushbu model ajoyib chop etish sifati, yuqori samaradorlik va ish jarayonining barqarorlikni ta'minlaydi. Ushbu printer uchun siyohlarning uchta seriyasi taklif etiladi - qattiq va moslashuvchan materiallarga chop etish uchun, shuningdek, termal shakllanish uchun siyohlar. Shunday qilib, printer foydalanuvchilari o'z vazifalariga qarab o'zlari uchun eng yaxshi yechimni tanlashlari mumkin. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии Mimaki JFX200-2513 EX keng formatli, 2500 x 1300 mm ish maydoniga ega UB printer bo'lib, yuqori chop etish sifati, samaradorligi va funksionalligini o'zida mujassam etgan. U qalinligi 50 mm gacha bo'lgan turli xil egiluvchan va qattiq materiallarga chop etishi mumkin. Oq siyohning mavjudligi ushbu uskunadan shaffof va rangli buyumlarda chop etish uchun foydalanish imkonini beradi, shu bilan birga tasvirlarning yorqinligi va ranglarning to'g'ri takrorlanishini ta'minlaydi. Ushbu printer noyob 2,5D Texture Maker xususiyatiga ega bo‘lib, tasvir yuzasida balandligi 0,5 mm gacha bo‘lgan juda silliq, pog’onasiz relyeflarni yaratish uchun avtomatik ravishda 17 qatlamgacha lak hosil qiladi. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Нет в наличии KEBAB MkII и KEBAB MkII L qo’shimchasi – Mimakining ixcham UB planshetli printerlari uchun mo'ljallangan qurilmalar. Ushbu qurilmalarning rolikli tizimi silindrsimon buyumlarni bir me`yorda aylantirish va ularni butun silindrsimon yuzasi bo'ylab chop etish imkonini beradi. Bu imkoniyat souvenir sovg'alari ishlab chiqarish xizmatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, chunki u turli xil materiallardan va turli uzunlikdagi buyumlarni - shishalar, guldonlar, shamlar, stakanlar, bankalar, qalam qutilari, kosmetika aksessuarlari va hokazolarni bezash yoki shaxsiylashtirish imkonini beradi. KEBAB MkII va MkII L ishlashi RasterLink6 plus va RasterLink7 RIPlar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. |
Bizning menedjerlarimiz sizga ushbu uskuna bo’yicha tijorat taklifi hamda batafsil ma`lumot yuborishadi
|
Bugungi kunda raqamli ultrabinafsha (UB) chop etish mahsulotlar jihatidan eng ekologik toza va universal texnologiyalardan biridir. Ushbu chop etish usuli ultrabinafsha nurlanish ta'sirida bir zumda quriydigan maxsus siyohdan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Mimaki printerlari UB manbalari sifatida yorug'lik chiqaradigan diodlardan (LED) foydalanadi, ularning ish harorati simob lampalarnikidan ancha past. Sovuq nurlanish chop etish uchun har qanday materiallardan, hatto termal deformatsiyaga va sarg'ishlik paydo bo'lishiga moyil bo'lgan materiallardan foydalanishga imkon beradi, chunki chop etish jarayonida ularning sirtini isitish minimaldir. Yorug’lik diodlari uzoq muddatli va Mimaki UB siyohlarini samarali quritish xususiyatiga ega.
Mimaki kompaniyasining UB-printerlar assortimenti ixcham va keng formatli rulonli hamda tekis yuzali planshet UB printerlarini o'z ichiga oladi.
Rulonli printerlar va kesish funksiyasi bo'lgan printer-katterlar deyarli har qanday yupqa materiallarda, shu jumladan qoplamasiz materiallarda chop etish imkoniyatiga ega va har doim avtomatik o'rash tizimi bilan jihozlangan. Qo’llanish mumkin bo’lgan materiallar: barcha turdagi qog'oz, chizma qog'ozi, har qanday plyonkalar (PVX, PET, kompozit retroreflektor, metalllashtirilgan), banner materiallari, tuvallar (xolst), tekstil. Metall tuvallar, sun'iy va tabiiy charm, yupqa plastmassa kabi nostandart materiallar muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazilgan va Mimaki UB printerlarida chop etish uchun yaroqliligini ko'rsatgan.
Planshetli UB printerlari katta va qattiq materiallarda va tayyor mahsulotlarda chop etishga qaratilgan. Ular reklama va suvenirlar ishlab chiqarishda, mebel va shisha sanoatida, asbobsozlik korxonalarida keng qo'llaniladi. Qo’llanish mumkin bo’lgan materiallar: yog'och, plastmassa, shisha, keramik plitkalar, karton, fanera, tosh, metallar, kompozit panellar, rezina.
Mimaki o'zining barcha UB uskunalari uchun egiluvchan materiallar uchun elastic siyohlarning keng assortimentini va foydalanish paytida o'z shakllarini doimiy ravishda saqlaydigan materiallar uchun burishmaydigan va bukilmaydigan qattiq siyohlarni taklif qiladi.
Mimakining barcha UB printerlari yuqori unumdorlik, mukammal chop etish sifati, foydalanishning qulayligi va printer xarajati tejamkorligi xususiyatlariga ega. Ularning barchasida hatto operator yo'qligida ham barqaror va sifatli chop etishning intellektual funktsiyalarning majmuasi mavjud.